Samarqandda gaz balloni portlashidan er-xotin va ularning 10 yoshli qizi vafot etdi
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida xonadonda foydalanib kelingan gaz ballondagi portlash sabab uch kishi og‘ir, 80–90 foiz kuyish tan jarohatini olgani ma’lum qilingandi.
«Daryo» xabariga ko‘ra, xonadon egasi, uning turmush o‘rtog‘i va 10 yoshli qizi og‘ir kuyish tan jarohati sabab shifoxonada vafot etishgan.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2022 yilning 11 aprel kuni ertalab soat 07:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Bulung‘ur tumani «Avliyo Parpi» mahallasidagi Narzullayevlar xonadonida bo‘lgan ko‘ngilsizlik oqibatida jabrlangan 55 yoshli xonadon egasi, uning 42 yoshli xotini va 10 yoshli qizi jarohat olib, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter