Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada halokatga uchragan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Rossiyada halokatga uchragan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Rossiyada o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Elchixona 2024 yil 8 aprel kuni Samara viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan. Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borishgan.

Bu borada diplomatlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida.

«Zarur hollarda, qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:

  • O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining call-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76
  • O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi: +7 843 526 55 63; elektron pochta manzili: [email protected]», deyiladi xabarda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring