Quyichirchiqlik erkak qaynonasini pichoqladi
Joriy yilning 4-mart kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Viloyatning Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan M.Ulxo‘jayevaning uyida kuyovi, Quyichirchiq tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan mast holdagi B.Utaboyev bilan o‘rtada janjal kelib chiqadi. Oilaviy janjal pichoqbozlikkacha borib yetadi.
B.O‘taboyev qaynonasi bilan janjalda uning bosh, qorin va yelka qismlariga pichoq bilan urib, jarohat yetkazadi. Alarni ajratmoqchi bo‘lgan B.Utaboyevning turmush o‘rtog‘i, 1988-yilda tug‘ilgan S.Utaboyevaning boshiga esa tosh bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.Ulxo‘jayeva va S.Utaboyevalar kasalxonaga yotqizilgan. B.Utaboyev esa qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter