Quvasoylik er-xotin chaqalog‘ini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. So‘ng...
Majburiy ijro byurosi (MIB) Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari qarzdorlikni undirishga oid ijro ishi yakuniga yetkaza olmadi.
Gap shundaki, fuqaro A.B.dan bankning Quvasoy filiali foydasiga 32.509.247 so‘m qarzdorlikni undirish haqidagi sudning qarorini ijro etish uchun uning xonadodoniga borgan MIBchilar qattiq qarshilikka uchraydi. Qarzdor va uning xotini ijrochilarni qattiq haqoratlashib, bundan naf chiqmasligiga ko‘zi yetgach, o‘zlarining norasida chaqalog‘i ustidan benzin sepib, yoqib yuborishi bilan tahdid qilishga tushadi.
Voqealar rivoji katta ko‘ngilsizlikka olib kelishi ehtimolini ortgach, MIB xodimlari o‘z xizmat vazifalarini to‘xtatishga majbur bo‘lishadi.
Shu bilan hammasi tugadimi?
Yo‘q-da, yo‘q... Aksincha, er-xotin o‘zlariga qo‘shimcha tashvish «sotib olishdi». Voqelik guvohlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldiki, bundan shunchaki ko‘z yumib bo‘lmasdi. Oqibatda er-xotinga nisbatan Jinoyat kodeksining «haqorat qilish» (140-modda) va «hokimiyat vakiligi qarshilik ko‘rsatish» (219-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter