Qo‘shrabotda noma’lum shaxs «Damas» o‘g‘irladi

25-yanvar kuni soat 17:30 larda noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani «Buloqboshi» qishlog‘ida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan «Damas» rusumli avtomashinani haydab qochgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan H.U. mast holda sodir etgani aniqlanib, ushlangan. Avtomashina texnik soz holda egasiga qaytarilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter