Qoraqalpog‘istonda «Damas» yonib ketdi
Joriy yilning 12-iyun kuni soat 11:44 larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonliko‘l tumani hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 avtomobil yo‘lining 847-km.da haydovchi, 1991-y.t. A.Y. «Damas» rusumli transport vositasini 2 nafar yo‘lovchi bilan boshqarib ketayotgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismidagi simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan Qonliko‘l tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlari, nosoz transport vositasini boshqarmasliklari so‘rab qolingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter