Qibrayda somon ortilgan to‘rtta yuk mashinasi yonib ketdi
2-fevral kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan ochiq maydonda sotish uchun somon presslari ortilgan va bir-biriga yaqin joylashtirilgan 4 ta yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida 3 ta «Gaz-53» hamda «Zil-130» rusumli yuk avtomobillari kabinasi va ularga ortilgan 200 donadan, jami 800 dona somon pressi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter