Qashqadaryodagi shifoxonada janjal sodir bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Shahrisabzdagi bolnitsada bemorni yaqinlaridan biri pichoq olib odamlarga tashlanayotgani aytilmoqda» nomli video tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati IIB ushbu xabarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 26 iyul kuni soat 12:30 larda Shahrisabz tuman «Ammog‘on» MFYda yashovchi fuqarolar Q.O. va J.A. tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limi hovlisida janjallashib qolgan.
Janjalda Q.O. J.A.ning bosh sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada J.A. tuman tibbiyot birlashmasi Shoshilinch tez yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Atrofdagi fuqarolar va hodisa joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori tomonidan janjal to‘xtatilib, jamoat tartibi tiklanga”, deyiladi xabarda.
Hodisa joyi shu kuni tuman IIB tergov tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida janjal ishtirokchilarida o‘tkir tig‘li jism ta’sirida yetkazilgan jarohatlar aniqlanmagan.
Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kitob tumanidagi shifoxona hovlisida pichoqvozlik sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter