Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi bozorda hokim o‘rinbosari kaltaklandi

Qashqadaryodagi bozorda hokim o‘rinbosari kaltaklandi

Foto: Telegram

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Fayz» dehqon bozorida 2 yanvar kuni savdogarlar mutasaddilarga qarshilik qilib, janjal chiqargan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, soat 10:30 da Qamashi tumani hokimi o‘rinbosari M.N. va bozor rahbari A.A. hududga kelib, obodonlashtirish ishlarining borishini nazorat qilgan. Bozor atrofiga beton ariq o‘rnatish maqsadida ekskovator ishlayotgan vaqtda fuqarolar janjal chiqargan.

Janjal vaqtida fuqarolar Z.T. va N.B. bilan hokim o‘rinbosarini qasddan bir necha marotaba urib, ekskovator oynasiga tosh otib sindirib, bozorqo‘mga tegishli Nexia-2 mashinasiga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarshilik ko‘rsatishga jalb qilgan.

Voqea joyiga Qamashi tuman IIB xodimlari chiqib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibi saqlashga erishilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring