Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq»da vaziyat jiddiy: bir necha ming kishi evakuatsiya qilindi

«Qamchiq»da vaziyat jiddiy: bir necha ming kishi evakuatsiya qilindi

Foto: FVV matbuot xizmati

Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyatining «Chinor» va Namangan viloyatining «Sherobod» postlari tomonidan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatilgandi.

«Qamchiq» davonining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralari hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) faoliyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi vaqtga qadar «Qamchiq» dovoni, Toshkent viloyatining Angren shahri, Ohangaron tumani hamda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan 870 dan ortiq transport vositalari, 3100 ga yaqin yo‘lovchilar umumiy ovqatlanish maskanlari va xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Bundan tashqari, «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali 1360 nafar yo‘lovchilar: 128 nafar yo‘lovchi «Qamchiq» dovoni hududidagi «Orzu» stansiyasidan, 1232 nafar yo‘lovchi «Ohangaron» va «Angren» stansiyasidan o‘z manzillariga yetkazildi.

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa  vazirliklari, Angen shahar, Ohangaron va Pop tumanlari hokimliklari,  «Qamchiqavtoyo‘l» Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, «O‘zgidromet» markazi va boshqa FVDT hududiy quyi tizimi tashkilotlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Xususan, yo‘lda qolib ketgan texnikalar va aholini evakuatsiya qilish, 200dan ortiq texnikalar yordamida yo‘lning qatnov qismini qordan tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Ayni damda, «A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ib, havo harorati 7-10 daraja sovuq, ko‘ruvchanlik 10m.gacha pasaygan, shamol tezligi 23 m/s.dan 30 m/s.gacha kuchaymoqda.

«Qamchiq» dovonidagi vaziyat haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring