«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

FVV qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida yuk mashinasi bilan bog‘liq YTH oqibatlarini bartaraf etdilar.
Hodisa kecha, 3 dekabr kuni soat 20:28 da «Qamchiq» dovonidan o‘tgan «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 197-kilometrida sodir bo‘lgan. «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan ko‘mir ortilgan «MAN» rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan.
Voqea joyiga FVVning «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan yetib borib avtoxalokatga uchrab, turli darajada tan jarohati olgan haydovchi va uning sherigiga (ikkinchi haydovchi) o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatildi.
Malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jabrlanganlar Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter