Qamchiq dovonida qor bo‘roni xavfi kutilyapti
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga asosan, 2018-yil 14-yanvar kuni Qamchiq dovonida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, shu kuni qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, qalin tuman tufayli ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi kutilmokda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovoni orqali vaqtincha avtotransportda harakatlanmaslikni tavsiya etadi.
Eslatib o‘tish kerak, 2017-yilning 27-dekabr kuni Qamchiq dovonida kuchli shamol esishi, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi natijasida avtoransport vositalarining harakati cheklab qo‘yilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter