Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqdagi qalbaki «dollar» mojarosi

Bo‘stonliqdagi qalbaki «dollar» mojarosi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.I. «S.T.» MChJga qarashli savdo do‘konidan 2 dona uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga 14 dona qalbaki 50 AQSh dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 700 AQSh dollarini berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring