Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Tovoqsoy qamoqxonasidagi hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

Prokuratura Tovoqsoy qamoqxonasidagi hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyatidagi qamoqxonada 20 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqalgandi.

Holat yuzasidan prokuratura ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkumlar A.Ya. va T.D. 2022 yil 19 iyun kuni koloniya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga rioya qilmasdan, o‘zlarining yashash sahniga kirish o‘rniga 2-yashash sahnidagi tanishlari oldiga yashirin ravishda o‘zboshimchalik bilan o‘tib, hech kimning ruxsatisiz, tartibot qoidalarini buzgan holda oldindan adovati bo‘lgan 5-turkumda jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkum A.Yu.ning qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan shaxsiyatiga tegib, qo‘pol muomalada bo‘lganligi holati koloniya xodimlari tomonidan aniqlanib,  A.Ya. va T.D. lar intizomiy jazoga tortilgan.

Bundan norozi bo‘lgan mahkumlar A.Ya. va T.D.lar binoning ikkinchi qavatidan koloniyaning taqiqlangan va yashash sahni tomonga qarab o‘zlarini uloqtirishgan hamda mahkumlar A.Ya. va T.O.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi kunda ularning sog‘ligi qoniqarli holatda.

Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi va natijasiga ko‘ra, ushbu holatda jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad  etildi, deyiladi Toshkent viloyati prokuraturasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring