Prezident Evo Moralesning brilliant va oltindan yasalgan medali o‘g‘irlab ketildi
Boliviya prezidenti Evo Moralesning brilliantlar bilan zeb berilgan oltin medali o‘g‘irlab ketildi, deb yozmoqda «Life.ru»
Bunga prezident qo‘riqlash xizmati xodimlaridan birining parishonxotirligi sabab bo‘lgan. U mashinasini mamlakat poytaxti La-Pasning jinoyatchilar ko‘p uchraydigan tumanida qoldirgandi. Qo‘riqchining mashinasini tunayotgan o‘g‘rilar qo‘lga kiritilgan o‘lja davlat mulki ekanini bilib qolishganidan so‘ng mahalliy telekanalga qo‘ng‘iroq qilib, topilmani La-Pasdagi cherkov yaqinida qoldirishganini ma’lum qilishadi.
Shunga qaramasdan, politsiya «insofli» o‘g‘rilarni qidirishda davom etgan. Jinoyatchilardan biri ushlandi, u perulik bo‘lib chiqdi. O‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun qo‘riqlash xizmati xodimi ham hibsga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter