«Prava» uchun 900 dollar: Buxoroda ikki shaxs qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar S.A. va M.M. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga joriy yilning noyabr oyida 700 AQSh dollarini olib, yana 200 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter