Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava mojarosi» ortidan ikki kishi qo‘lga olindi

«Prava mojarosi» ortidan ikki kishi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda fuqaro M.A. fuqaro Yu.A.ga haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 650 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.X. fuqaro F.Q.ning o‘g‘liga tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring