Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt maktablaridan birida voyaga yetmagan o‘quvchi pichoqlandi

Poytaxt maktablaridan birida voyaga yetmagan o‘quvchi pichoqlandi

Foto: Xabar.uz

Toshkentdagi maktablardan birida voyaga yetmaganlar orasida pichoqbozlik yuz berdi. 

IIBB xabariga ko‘ra, 21-fevral kuni taxminan soat 11.20 larda Chilonzor tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchisi, 2005-yilda tug‘ilgan A.S. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi 2005-yilda tug‘ilgan I.R.ni o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada voyaga yetmagan I.R. tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi, ya’ni og‘ir tan jarohati yetkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring