Peterburgdagi o‘zbeklar: biri o‘lgan, biri kaltaklangan
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2 ta nohush voqea yuz bergan. Har ikkisida ham o‘zbeklar jabr ko‘rgan, deya xabar berdi O‘zbekistonning shahardagi bosh konsulxonasi.
18-iyul kuni shaharning Frunze tumanida O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, pul va qimmatbaho buyumlari olib qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat gumondorlari Rossiyaning 3 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 19-iyul kuni Moskva tumanidagi uy tomidan O‘zbekistonning boshqa bir fuqarosi jasadi topilgan. Politsiya o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lganini aytgan.
O‘zbekiston marhumning jasadini vatanga yuborishda yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter