Pastdarg‘omlik fuqaro MIB xodimlarini haqoratlab, mashinasi oynasini sindirdi
23-oktyabr kuni soat 17:00 larda MIB Pastdarg‘om tuman bo‘limi davlat inspektorlari B.U. va R.S. lar tumanning Jag‘alboyli mahallasida yashovchi fuqaroga gazdan mavjud qarzdorlikni ma’lum qilgan vaqtda iste’molchi U.T. ularning sha’ni va qadr qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, U.T. davlat inspektori B.U. ga tegishli «Spark» rusumli transport vositasining old oynasini tayoq bilan urib sindirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan U.T. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi «a» bandi va 173-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter