Pastdarg‘omda ona va bola o‘z uyida o‘ldirib ketildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida ona va uning qizi o‘z yashash uyida o‘ldirib ketilganiga oid xabarlarga oydinlik kiritildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz» so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, voqelik joriy yilning 10 mart kuni sodir bo‘lgan. Ya’nikim, shu kuni tumanning «Esaboy» mahallasida istiqomat qiluvchi 58 yoshli N. A. (ayol) va uning 21 yashar qizi V. D.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Marhumalar o‘tkir tig‘li jismdan yetkazilgan jarohatlar orqali vafot etgani ehtimoli yuqori. Chunki, fojia sodir bo‘lgan xonadondan tig‘ qismi uzunligi 22 sm. bo‘lgan oshxona pichog‘i topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyatni fosh etish uchun tezkor-tergov guruhi tuzilib, tegishli harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter