Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anhordan murdasi topilgan qiz hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Anhordan murdasi topilgan qiz hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Do‘stlik mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi anhordan 17 yoshli qizning jasadi topilgani haqida xabar qilingan edi. 

Bosh prokuratura matbuot kotibiga ko‘ra, 27 may kuni Jinoyat kodeksining 103-1-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borish uchun Pastdarg‘om tumani IIB Tergov bo‘limiga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 11 may kuni Pastdarg‘om tumanida yashovchi R.X. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan S.X. yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirgan. 

Tuman prokuraturasi boshchiligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan zudlik bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 12 may kuni S.X.ning murdasi tumanning «Do‘stlik» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi «Eski Anhor» kanalidan topilgan.

E’tiborlisi, Kun.uz nashri surishtiruvi qiz o‘limidan oldin zo‘rlangan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring