O‘zlarini IIB xodimlari deb tanishtirgan jinoyatchilar ushlandi
Toshkent shaharida ikki noma’lum shaxs oldindan o‘zaro jinoiy til biriktiradi.
Ular 2022-yil 17-noyabr kuni soat 19:00larda o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar Yashnobod tumani Cho‘lpon mahallasi hududidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘li yoqasida 26 yoshli J.Q.ning oldiga kelib, unga o‘zlarini IIB xodimi deb tanishtirishadi.
So‘ng uni noqonuniy valyuta ayirboshlashda ayblab, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borishlarini aytib, «NEXIA-3» avtomashinasiga o‘tqazishadi va Yashnobod tumani Cho‘lpon mahallasi hududiga olib borishadi. O‘sha yerda J.Q.ni pichoq bilan qo‘rqitib, yuz va bosh qismlariga urib tan jarohat yetkazib, 1.100.000 so‘m pulini tortib olishadi va hodisa joyidan yashirinishadi.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 30 yoshli A.Yo. va 35 yoshli N.U.lar sodir etilganligi, hodisa sodir bo‘lgan joy hamda N.U.ning boshqaruvida bo‘lgan «NEXIA-3» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda avtomashinaning yukxonasidan 1 dona oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bosqinchilik sodir etgan shaxslarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter