Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet 7 viloyat aholisini ogohlantirdi

O‘zgidromet 7 viloyat aholisini ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 2022 yil 10-13 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan: 

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumanida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring