Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov olamdan o‘tdi

O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov olamdan o‘tdi

Davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etdi.

Bu haqda marhumning qarindoshlari ma’lum qilgan.

Rahim Rajabov 1937-yilda Buxoro viloyatida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1960-yilda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnik universiteti) tamomlagan.

O‘z vaqtida «Uzbekselmash» va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan «Algoritm» zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan, uni boshqargan.

1990-yildan 1997-yilgacha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring