Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida qurolli hujum uyushtirganlar IShID jangchilari ekani tasdiqlandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida qurolli hujum uyushtirganlar IShID jangchilari ekani tasdiqlandi

Foto: Tojikiston IIV

Kecha tunda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan tojik postiga qurolli hujum bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujumni uyushtirganlar IShID (O‘zbekistonda ta’qiqlangan) jangarilari ekani tasdiqlangan.

Jangarilar 3-noyabr kuni Afg‘oniston orqali Tojikistonga o‘tishgan. Ushlanganlar tergov qilinganda ular «Ishqobod» postiga hujum uyushtirishda «maxsus topshiriq»ni bajarishganini tan olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston kuchishlatar tizimlari tomonidan o‘tkazilgan amaliyot natijasida hujum qilgan bosqinchilar o‘rab olingan va 15 nafari yo‘q qilingan. Yana 5 bosqinchi qo‘lga olingan. Amaliyot vaqtida chegara qo‘shinlarining bir askari va Tojikiston ichki ishlar vazirligining bir xodimi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring