Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston suv havzalaridan yangi baliq turi kashf qilindi

O‘zbekiston suv havzalaridan yangi baliq turi kashf qilindi

Ayni vaqtda Xitoyda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan hamyurtimiz biolog tadqiqotchi Baxtiyor Sheraliyev Farg‘ona vodiysi suv havzalarida tarqalgan avval fanga ma’lum bo‘lmagan yangi baliq turini kashf qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqida xalqaro Journal of Fish Biology ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada xabar berilmoqda.

Yangi baliq turiga u kashf qilingan joy Farg‘ona vodiysi sharafiga Farg‘ona yalangbalig‘i (Triplophysa ferganaensis) deb nom berilgan. Yangi baliq turi baland tog‘ daryolarida yashashga moslashgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysi endemik turi (faqatgina ma’lum hududda uchraydigan biologik tur) hisoblanadi.

Umurtqali hayvonlar orasida yangi turlarning topilishi nihoyatda kam uchraydigan hodisa bo‘lib, ushbu kashfiyot O‘zbekiston hududida so‘nggi salkam 70 yilda kashf qilingan yangi baliq turi hisoblanadi. O‘zbekiston suv havzalaridan oxirgi marta o‘tgan asrning 50-yillarida yangi baliq turi topilgan edi. Hozirda vatanimiz suv havzalarida 70 tur atrofidagi baliqlar uchrashi qayd qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring