O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda o‘g‘irlab ketildi
O‘zbekiston fuqarosi S. Ya. Qozog‘istondagi o‘z kvartirasidan o‘g‘irlab ketildi. Jinoyat Qozog‘istonning uch fuqarosi tomonidan sodir etilgan.
1990 va 1991 yilda tug‘ilgan uch jinoyatchi Ya. S.ning xonadoniga kuch bilan bostirib kirgan va uni olib chiqib ketishgan. So‘ngra jabrlanuvchining do‘sti M. S.dan 300 ming tenge talab qilishgan. Huquq-tartibot xodimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, M. S. jinoyatchilar talab qilgan pulning 100 ming tengesini berishga majbur bo‘lgan.
Odam o‘g‘rilarining har uchchalasi ham qo‘lga olindi. Ulardan ashyoviy dalil sifatida pul va jabrlanuvchilardan biriga tegishli bo‘lgan «Lada Largus» avtomobilining kaliti olingan. Shu bilan birga jabrlanuvchi Ya. S.ga nisbatan qiynoq qo‘llashda ishlatilgan nunchaki (sharq yakkakurashlari, xususan karatedagi sovuq qurol) ham huquq-tartibot xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga tirkaldi.
Jinoyatchilarga nisbatan odam o‘g‘irlash va ta’magirlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter