Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada uxlab yotgan er-xotinga o‘roq bilan bosqinchilik sodir etildi

Zangiotada uxlab yotgan er-xotinga o‘roq bilan bosqinchilik sodir etildi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 20-mart kuni soat 01:30 dan 02:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yuziga tibbiy niqob taqib, temirdan yasalgan qo‘lbola o‘roq bilan qurollangan holda Toshkent viloyati Zangiota tumani Bog‘zor MFY.da yashovchi 31 yoshli Farruh X.ning yashash xonadoniga bostirib kiradi.

Bosqinchi xonadon egasining va turmush o‘rtog‘i 28 yoshli Shahnoza X.ning uxlab yotganligidan foydalanib, o‘roq bilan bosh qismiga urib, ularning oyoq va qo‘llarini bog‘lab, xonadonda bo‘lgan tilla-taqinchoqlar, turli rusumdagi telefon apparatlari, 1 000 000 so‘m pul hamda Farruh X.ga tegishli narxi 6.700 AQSh dollarlik «SPARK» rusumli avtomashinasini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, jabrlanuvchilarga jami 83.250.000 so‘mlik miqdorda moddiy zarar yetkazib, mazkur avtoulovda hodisa joyidan noma’lum tomonga yashirinadi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, Yuqorichirchiq tuman Iyk-ota mahallasi hududidan Farruh X.ga tegishli «SPARK» rusumli avtomashina davlat belgilari yechilgan holda topilib, ushbu jinoyatni 33 yoshli Lutfulla M. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring