O‘rikzorda bankomatdagi pulni o‘g‘irlab, uskunani jarga uloqtirib ketishdi
Toshkent shahar Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro R.T. (1998-yilda tug‘ilgan) Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga «O‘z aybiga iqrorlik arizasi» bilan murojaat qildi.
R.T. «iqrornomasida» 2017-yil 30-dekabr kuni soat 05:30 da «hamtovoqlari» Z.S. hamda P.M. bilan G.Uzoqov ko‘chasi «Olivo» restorani oldidagi bankomatni o‘g‘rilab, ichidagi 830.000 so‘m pullarni olgani, uskunani esa Uchtepa tumani O‘rikzor jariga tashlab yuborgani va sheriklaridan biri o‘g‘irlangan pulning 240.000 so‘mini o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgani haqida yozma ravishda ma’lum qildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter