Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqqo‘rg‘onda yana besh nafar bolada kasallik belgilari paydo bo‘ldi

Oqqo‘rg‘onda yana besh nafar bolada kasallik belgilari paydo bo‘ldi

Joriy yilning 13 avgust holatida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 30 nafar tarbiyalanuvchilarida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust holatida jami 25 nafar tarbiyalanuvchi tibbiyot muassasalarida davolanayotganligi haqida xabar berilgan edi. 13 avgustda yana 5 nafar tarbiyalanuvchida kasallikning klinik belgilari kuzatilganligi uchun tibbiyot muassasalariga yotqizildi.

Ulardan joriy yilning 13 avgust 16:00 soat holatiga:

  • 9 nafar tarbiyalanuvchilarga tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib uylariga ruxsat berildi;
  • tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati o‘ta og‘ir, 1 nafari og‘ir, 6 nafari o‘rta og‘ir va 13 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring