Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda nafaqasi kechikkan fuqarolar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Nukusda nafaqasi kechikkan fuqarolar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

27-may kuni Nukus shahar, A.Dosnazarov ko‘chasi bo‘yida bir guruh fuqarolar yo‘ldi to‘sib qo‘ygan. 

Nukus shahar hokimiligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Ijtimoiy muhofaza qilishning yagona reyestri» axborot tizimida, ya’niy, yangi dastur bo‘yicha ish olib borilayotganligi sababli texnik nasozliklar yuzaga kelgan.

Shu sababli, nafaqa oluvchi fuqarolarning nafaqalari 25-maydan 27-may sanasiga kechiktirilganligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Bu texnik nasozliklar bartaraf etilgan va shu kunning ikkinchi yarimida nafaqa oluvchilarning plastik hisob raqamiga o‘tkazib berilgan. 

Bir necha kun avval Nukusda 16 yosh qiz o‘zini kanalga tashlagan vaqtda qutqarilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring