Nosozlik bartaraf etildi
Sirdaryo viloyati iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Avval xabar berilganidek, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmada (tok transformatorida) yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan va viloyat iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklangan.
Hozirgi paytda issiqlik elektr stansiyasi barqaror ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter