Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nega opam bilan gaplashib yuribsan» — uka jinoyatga qo‘l urdi

«Nega opam bilan gaplashib yuribsan» — uka jinoyatga qo‘l urdi

Foto: «Twitter.com»

2021-yil 19-may kuni soat 07:35da, shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 05:00 larda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan yigit 1994-yilda tug‘ilgan mahalladoshi bilan birgalikda Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaroni vaqtincha yashab kelayotgan uyiga borib, «Nega opam bilan gaplashib yuribsan», deb, u bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan kastet bilan uning yuz qismiga urgan.

So‘ngra sherigi bilan fuqaroning bosh va yuz qismlarini urib-do‘pposlab, shu yerda bo‘lgan belkurakni olib, yog‘och qismi bilan uning badanini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazishgan.

Natijada, jabrlanuvchi bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miya lat yeyishi, yuqori miya, boshni ensa, o‘ng chekka sohalari lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki yigit ham Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring