Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan fuqaro qo‘lga olindi

Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan fuqaro qo‘lga olindi

Navoiyda haydovchi YPX xodimini kaltaklani bo‘yicha xabar berilgandi.

Navoiy viloyatida YPX xodimining o‘z xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik ko‘rsatib, turli uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan fuqaro A.T.ga nisbatan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-modda (haqorat qilish)si 3-qismi "a" bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)si 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring