Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi

Navoiyda maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi

Navoiy viloyatida dars paytida cho‘milishga borgan o‘quvchilardan biri cho‘kib ketgan.

Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchilari dars vaqtida cho‘milishga borgan vaqtida ulardan biri cho‘kib ketgan. Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring