Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda o‘smir yigit 5 yoshli qizaloqni o‘ldirgani aytilmoqda

Navoiyda o‘smir yigit 5 yoshli qizaloqni o‘ldirgani aytilmoqda

Illyustrativ foto

2020-yilning 9-iyul kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir etilgan mudhish qotillikka voyaga yetmagan o‘smir sababchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

2004-yil Zarafshon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maktab o‘quvchisi, ayni paytda Zarafshon shahridagi 6-kichik dahada istiqomat qiluvchi B.Q. joriy yilning 8-iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, «Yangihayot» MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan. 

Qayd etilishicha, B.Q. amakisi – 1985-yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, Navbahor tumani, «Yangihayot» MFYda yashovchi E.T.ning o‘gay qizi, ya’ni 2015-yil Nurota tumanida tug‘ilgan, Navbahor tumani, «Yangihayot» MFYda istiqomat qiluvchi, voyaga yetmagan M.A.ni oshxona pichog‘i bilan bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirgan. Voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan M.A.ning onasi,  1988-yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1 nafar farzandi bor M.D.ga ham qo‘lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda jabrlanuvchi M.D. tuman Tibbiyot birlashmasining «Jonlantirish bo‘limi»ga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring