Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda bir nafar shaxs portlovchi moddalar bilan ushlandi

Navoiyda bir nafar shaxs portlovchi moddalar bilan ushlandi

Qo‘lbola usulda tayyorlangan portlovchi moddalarning muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro K.H.ga oltin konlarida noqonuniy ravishda oltin zarrachalari mavjud qumlarni qazib olishda portlatish va oltin qazib olish ishlariga «sherik» sifatida qo‘shish evaziga, portlovchi moddalardan qo‘lbola usulda tayyorlangan 14 dona qurilmani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy moddalarning, portlash vositalarining yoki portlash qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring