Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi holat yuzasidan XTV munosabat berdi

Namangandagi holat yuzasidan XTV munosabat berdi

Maktab o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchining kaltaklangani holati aks etgan video yuzasidan Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati munosabati e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Davlatobod tumani 58-umumta’lim maktabida 13-oktyabr kuni 5 «v» sinfdagi o‘quvchilardan biri boshqa bir sinfdoshi M. X. uning boshiga uraverayotganidan shikoyat qilib, sinf rahbariga arz qilgan.

«Sinf rahbari M. E. soat 16:10 da o‘quvchi M. X. ni tartibga chaqirish uchun tushunchalar beradi. Ammo o‘quvchi unga bo‘ysinmasdan odob-axloq me’yori chegaralaridan chiqib, sensirab, qo‘pol munosabatda bo‘lgani tufayli sinf rahbari o‘quvchining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, badanining turli joylariga qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhi, tuman hokimligi mas’ullari ta’lim muassasasi rahbariyati hamda psixolog o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazdi, tushintirish xatlari olindi. Mazkur holat hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olinib, o‘quvchi M. E. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangani, Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan sinf rahbari M. E. ning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani, holat yuzasidan tekshiruv yakuniga ko‘ra batafsil ma’lumot berilishi bildiriladi», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring