Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi sement zavodiga nima bo‘ldi? Rasmiy izoh berildi

Namangandagi sement zavodiga nima bo‘ldi? Rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sement ishlab chiqarish zavodi qulab tushgani haqida videoxabar tarqaldi. Namangan viloyati FVB holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani, Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan «Jahon yevro servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan sement ishlab chiqaruvchi zavodda faqat omborning tom qismi qulagan.

«Olib borilgan o‘rganish davomida zavoddagi omborga yarim tayyor mahsulot belgilangan me’yordan ko‘p miqdorda olinganligi sababli omborning tom qismi qulagani aniqlandi», deyiladi rasmiy xabarda.

Hodisa oqibatida jabrlangan shaxslar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring