Namangandagi AYoQShlardan birida gaz balloni portlab ketdi

Kecha, 24-iyun kuni Namangan shahridagi Do‘stlik ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda IIV rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, «VAZ-21063» avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz baloniga yonilg‘i quyilayotgan paytda portlab ketgan. Hodisa oqibatida avtomobilga shikast yetgan.
Jarohat olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter