Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda FVB xodimi bir yoshli bola hayotini saqlab qoldi

Namanganda FVB xodimi bir yoshli bola hayotini saqlab qoldi

Namangan viloyatining Pop tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi birinchi yordam ko‘rsatib, 1 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.

Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar bergan.

Pop tumani «Birlashgan» MFY hududidagi Selisoy ichki qismiga fuqarolar tomonidan noqonuniy ekilgan daraxtlarni Namangan viloyati FVB Yong‘in qutqaruv qismlaridan hasharga kelgan xizmatchilar bilan tozalash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.

Shu paytda mahallaning xonadonlarni birida istiqomat qiluvchi ayol tana harorati ko‘tarilishi oqibatida hushini yo‘qotgan va nafas ololmay qolgan 2021yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandi sabab fuqarolardan yordam so‘ragan. 

Chust tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 25-sonli yong‘in qutqaruv qismi yong‘in qutqaruvchisi birinchi yordam ko‘rsatib, bolaning hayotini saqlab qolgan va bola o‘sha hududdagi eng yaqin tez tibbiy yordamga olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring