Namanganda 12 kishi aroqdan zaharlandi
2020-yil 29-31-dekabr kunlari Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan «Gradusnik» nomli spirtli ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan yotqizilgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qarmasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqurg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter