Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoniga kiritilmagan ikki nafar o‘zbekistonlik yuzasidan ma’lumot berildi

Saudiya Arabistoniga kiritilmagan ikki nafar o‘zbekistonlik yuzasidan ma’lumot berildi

Joriy Umra mavsumida ikki nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Madina aeroportida Saudiya Arabistoni Chegara xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan va ularda mamlakatga kirishga taqiq borligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar Qirg‘iz Respublikasining qalbaki pasporti bilan 2019 yil Umra safariga borib kelgan. Saudiya Arabistonidan chiqish vaqtida ushbu davlat qonunlarini buzgani uchun mamlakat chegara xavfsizlik xizmati tomonidan ularga nisbatan Saudiya Arabistoniga kirish uchun 10 yil muddatga taqiq belgilangan. Shu bois, ushbu fuqarolar podshohlikka kiritilmadi. Hozirda ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

«Shu o‘rinda, mo‘min-musulmonlardan Umra safarini turli qing‘ir yo‘llar orqali, noqonuniy amalga oshirmaslik hamda har-xil ko‘ngilsizliklarga duchor bo‘lmaslikka chaqiramiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring