Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot Samaraga favqulodda qo‘ndi
«Azimut» aviakompaniyasining Moskva-Urganch yo‘nalishida AZO-7059 reysini amalga oshirayotgan SSJ-100 samolyoti Samara shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘ining yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Jadvalga ko‘ra, samolyot Urganch xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 07:35 da qo‘nishi kerak edi. Majburiy qo‘nish sababli parvoz kechiktirilmoqda. Xususuan, Urganch aeroportiga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:15 ga belgilangan. Urganchdan jo‘nash esa soat 11:00 da rejalashtirilmoqda.
Vnukovo aeroportiga yetib kelish Moskva vaqti bilan soat 13:00 ga rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter