Minsk – Toshkent samolyoti Moskvada favqulodda qo‘ndirildi
Minsk – Toshkent reysini bajarayotgan «Airbus A-320» samolyoti «minalashtirilgan» degan xabar berilganidan so‘ng Domodedovo aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Minskdan Toshkentga uchgan «Airbus A-320» havo kemasi portlatilishi haqida anonim xabar kelib tushgan. Samolyot komandiri shu sababli Domodedovo aeroportiga qo‘nishni amalga oshirdi», — deyiladi xabarda.
Samolyot portlovchi buyum va moddalarni topish uchun tekshirilmoqda. Surishtiruv ishlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter