MIB xodimiga «kalla qo‘yilgan» videoga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Yana MIB xodimi kaltak yedi» sarlavhasi bilan video tarqaldi.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi aniqlik kiritishicha, MIB Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 10.03.2021-yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor fuqaro B.R. dan undiruvchi D.M. qizi foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun qarzdorning har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment hamda ushbu sudning 23.03.2021-yildagi ijro varaqasiga asosan farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam – 1/4 baravari miqdorida moddiy ta’minot undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjati yuzasidan joriy yilning 27-fevral kuni qarzdor fuqaro B.R. bo‘lim davlat ijrochisi A.Nosirov tomonidan Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga chaqirtirilgan va qarzdor fuqaro davlat ijrochisidan aliment hamda moddiy ta’minot pullarini hisoblab berishni so‘ragan.
Davlat ijrochisi qarzdor B.R. dan aliment hamda moddiy ta’minot pullarini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat so‘raganda, taqdim qilishdan bo‘yin tovlagan.
Shundan so‘ng, Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi binosi tashqarisida fuqaro B.R. davlat ijrochisiga haqoratli so‘zlar ishlatib, qo‘pol muomalada bo‘lgan va boshi bilan unga zarba bergan, vaziyatni bartaraf etish maqsadida, bo‘lim davlat ijrochisi Sh.Abdukarimov qarzdor B.R va A.Nosirovni ajratgan.
Holatni o‘rganish davrida, fuqaro B.R. davlat ijrochiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligini tan olib, undan kechirim so‘ragan, o‘z navbatida, davlat ijrochisi A.Nosirov ham unga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirib, o‘zaro yarashganligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter