Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi voqeasiga Senat e’tiborini qaratdi

«Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi voqeasiga Senat e’tiborini qaratdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Shu kunlarda internet va ijtimoiy tarmoqlarida «Bu joy O‘zbekistondagi do‘zax, hech kim chiqolmagan!» sarlavha ostidagi maqola keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda, deyiladi Senat xabarida.

Unda ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatidagi 6, 10-sonli hamda Toshkent shahridagi 22-sonli «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari uchun davlat tomonidan bepul ravishda uy-joy ajratilgan, biroq, tarbiyalanuvchilar mutassaddi tashkilotlar tomonidan ushbu uy-joylar ularga kredit asosida berilgani to‘g‘risida ogohlantirmagan va buning oqibatida ular mazkur turar-joylardan haydab chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu masalaga yechim izlab Toshkent shahriga kelishganda ichki ishlar xodimi tomonidan ularga nisbatan o‘rinsiz harakatlar amalga oshirilgani iddao qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan  mazkur holat nazoratga olingan. Tez orada ushbu holatga qonuniy baho berilishi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring