Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda «Damas» hamda «Vaz-2106» avtomobillari to‘qnashdi

Qibrayda «Damas» hamda «Vaz-2106» avtomobillari to‘qnashdi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 10 may kuni soat 08:00larda Toshkent viloyati, Qibray tumani, «Tuzel» QFY hududida  1992 yili tug‘ilgan I.T. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli transport vositasi hamda 1974 yili tug‘ilgan R.X. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada «VAZ-2106» haydovchisi I.T. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring