Kelib chiqishi noma’lum sirli monolit endi Turkiyada paydo bo‘ldi
Turkiyaning Shanliurfa viloyati aholisi sirli Go‘beklitepa ibodatxona majmuasi yonida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan metall yodgorlikni topishdi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi Instagramdagi o‘zining sahifasida xabar berdi.
Metall yodgorlik yorqin materialdan yasalgan. Uning balandligi 3 m, kengligi 45 sm bo‘lib, qadimiy turkiy tilda quyidagi yozuv bitilgan: «Oyni ko‘rishni istasang, osmonga qara». Ob’yekt topilgan joy politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Xuddi shunday metall yodgorliklar avval Yevropa va Amerikada qayd etilgandi. Shu tariqa 2020-yil kuzida AQShning Yuta shtatida uchuvchilar sirli monolitni payqab qolishgan. Ammo ko‘p o‘tmay u g‘oyib bo‘lgandi. Keyin bir nechta kishi uni yo‘q qilishganini tan olishgan.
Shundan so‘ng sirli monolitlar Germaniya, Gollandiya, AQSh, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Boliviya va Kanadada paydo bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter